Счётчик Яшы
Салатлар узбекча рецепт | GOTOVIM.UZ
Салаты

Салатлар узбекча рецепт

Салатлар узбекча рецепт

SEZAR SALATI

Звёзд: 1Звёзд: 2Звёзд: 3Звёзд: 4Звёзд: 5 (1 оценок, среднее: 5,00 из 5)
Загрузка...
Автор: GOTOVIM Обслуживает: 5-6
Общее время приготовления: 1 час

Sezar salati so’nggi paytda juda mashhur bo’lib bormoqda. U ko’plab turli retseptlarga ega, unga qisqichbaqa, tovuq, kurka go’shti, tovuq yoku bedana tuxumlari, shampinyon, brinza, pishloq, yong’oq, bulg’or qalampiri va hatto jo’xori, mayiz yoki ananas ham qo’shib tayyorlanadigan turlari mavjud. Ushbu maqolada esa an’anaviy tovuq go’shtidan tayyorlanadigan sezar retsepti keltiriladi.

Ingredients

  • Salat uchun:
  • Tovuq filesi — 400 g.
  • Aysberg salati — 1 bosh
  • Cherri pomidorlari — 200 g.
  • Parmezan pishlog’i — 100 g.
  • Oq non — yarimta
  • Sarimsoq — 2 tishcha
  • Zaytun moyi — 3 osh qoshiq
  • Tuz, murch
  • Sousi uchun:
  • Tuxum — 2 dona
  • Zaytun moyi — 60 ml
  • Xantal — 2 choy qoshiq
  • Limon sharbati — 3 osh qoshiq
  • Sarimsoq — 2 tishcha
  • Parmezan pishlog’i — 50 g.
  • Tuz

Пошаговая рецепт приготовления

1

Idishda suv qaynatib olinadi va olovdan olinadi. Tuxum butunligicha qaynoq suvga solib, unda 1 daqiqa davomida ushlab turiladi, so’ng suvdan chiqarib olib, xona haroratida 15 daqiqa davomida sovutiladi. U biron idish yoki blender chashkasiga chaqib solinadi.

2

Sarimsoq po’stidan tozalanadi va eziladi. Limondan sharbati siqib olinadi.

3

Parmezan qirg’ichning mayda tishidan chiqariladi.

4

Sous uchun barcha masalliqlar blender idishiga solinadi va bir xil massa hosil bo’lguncha maydalanadi. Sezar uchun sous tayyor.

5

Dastlab oq bo’lka nondan (yoki uzun batondan) yarmi kesib olinadi va ustki qavati olib tashlanadi. So’ng non kubik shaklida kesiladi.

6

Sarimsoq po’stidan tozalanadi va pichoqning yon tomoni bilan eziladi, kichikroq idishga solinadi va ustidan zaytun moyi quyiladi.

7

Idish 30 soniyaga mikroto’lqinli pechga qo’yib olinadi, buning natijasida moy o’ziga sarimsoqning xushbo’yligini oladi.

8

Non kubiklari protivenga bir tekis qilib teriladi va bir xilda sarimsoqli zaytun moyi surtiladi. Protiven nonning yuzasida tillarang tus hosil bo’lguncha 10-15 daqiqaga 180 °C gacha qizdirilgan pechga qo’yiladi.

9

Tovuq filesi yuviladi, ikkiga bo’linadi, so’ng taxminan 10 sm uzunlikdagi bo’laklarga bo’linadi. Go’shtga tuz va murch sepiladi.

10

Tovaga ozgina zaytun moyini solib, qizdiriladi va tovuq go’shti tillarang tusga kirguncha har ikki tomonidan o’rta olovda qovurib olinadi. Go’shtning har bir qismi kichik bo’laklarga bo’linadi (bir bo’lagidan bir portsitya salat chiqadi).

11

Aysberg yuviladi, bargalari ajratiladi.

12

Aysberg barglari yetarlicha katta bo’laklarga ajratiladi.

13

Cherri pomidorlari yuviladi va teng ikkiga bo’linadi (agar kattaroq bo’lsa, chorak qismga).

14

Parmezan sabzavotni archish uchun pichoq bilan ingichka plastinkalar qilib kesiladi.

15

Endi, salat uchun barcha masalliqlar tayyor bo’lganda uni terish qoldi. Likopchaga aysberg barglari teriladi, ustidan tovuq go’shti va parmizan qo’yiladi. Keyingi qavatda suxariklar va pomidorlar teriladi va saltga sous quyiladi. Sezar salati tayyor, yoqimli ishtaha!

Примечание

Agar aysberg salatini topish qiyin bo’lsa, uning o’rniga oddiy salat barglaridan yoki pekin karamidan foydalanish mumkin.

Sousni tayyorlash uchun kerak bo’ladigan masalliqlar qo’l ostida topilmasa, yana bir retespti — mayonez, xantal, o’simlik moyi, limon sharbati va sarimsoqni aralashtirishdir.

Nonni kesish muammo bo’lmasligi uchun tayyor sarimsoqli suxarik sotib olish ham mumkin. Lekin ular uy sharoitida tayyorlangani kabi mazali bo’lmaydi.

Интересные рецепты Смотреть все

Вам также может понравиться